O'zbekiston

Iyun oyida harorat me’yordan bir oz yuqori bo‘ladi

Harorat +25…+41 daraja oralig‘ida o‘zgarib turadi.

Iyun oyida harorat me’yordan bir oz yuqori bo‘ladi

O‘zbekiston bo‘ylab yoz fasli quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlanadi. “O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, 1–7 iyun kunlari yog‘ingarchilik kuzatilmaydi, havo harorati +35…+38 darajagacha, ayrim hududlarda esa +40 darajagacha ko‘tariladi. Oy oxirigacha harorat +25…+41 daraja oralig‘ida o‘zgarib turadi, ba’zi kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

 

Mutaxassislar global isish va “El-Nino” hodisasi ta’sirida bu yilgi yoz fasli nisbatan issiq bo‘lishi mumkinligini bildirgan. Okean yuzasi harorati hanuz yuqori bo‘lib, bu atmosferaga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababli, jahon prognozlash markazlarining dastlabki baholariga ko‘ra, yozgi harorat me’yordan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda.

 

Shunga qaramay, mutaxassislar yoz davomida haddan tashqari issiq kunlar bilan birga, nisbatan salqin davrlar ham kuzatilishini ta’kidlamoqda. Bu holat O‘zbekistonning quruq va kontinentallik xususiyatiga mos keladi. Oxirgi 50 yil ichida esa yozgi haroratning barqaror o‘sishi kuzatilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Iyun oyida harorat me’yordan bir oz yuqori bo‘ladi | Zamon.uz