Toshkentda styuardessaga tegajog‘lik qilgan yo‘lovchi sudlandi
43 yoshli erkak mast holatda bo'lgan.

Toshkentdagi Sergeli tuman sudida 43 yoshli erkak Uzbekistan Airways samolyotida styuardessaga nisbatan tegajog‘lik qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Sud materiallariga ko‘ra, u parvoz chog‘ida mast holatda bo‘lgan va samolyot saloni ichida chekishga uringan. Bort kuzatuvchisi bunga e’tiroz bildirgach, erkak tajovuzkorona harakat qilgan.
Sud majlisida ayblanuvchi qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, kechirim so‘radi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Sergeli tuman sudi uni Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasi (Shahvoniy shilqimlik qilish) bo‘yicha aybdor deb topib, uch sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinladi.







