O'zbekiston

Toshkentda YPX xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘rab chiqdi

Sud qarori bilan unga jarima jazosi tayinlangan.

Toshkentda YPX xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘rab chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kishi va IIO xodimi o‘rtasida janjal chiqqani aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

 

Maʼlum qilinishicha, YPX xodimi Gentra rusumli avtomobilni to‘xtatgan. Haydovchining monitordan foydalanib kelayotgani aniqlangani sababli xodim unga maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirmoqchi bo‘lgan. Shunda haydovchi qo‘l qo‘yishdan bosh tortib, xodimga qarshilik ko‘rsatgan.

 

So‘ngra haydovchining ortidan ayol kishi kelib, xodimga nisbatan turli haqoratli so‘zlarni ishlatgan.

 

Aniqlanishicha, janjal ko‘targan ayolning hujjatlari ham tekshirilganda, transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinganligi maʼlum bo‘lgan.

 

Qolaversa, mashinasining oldi oynasidagi tonirovka uchun ruxsatnomasi yo‘qligi aniqlangan.

 

“Meni videoga olishni boshladi. Video olmasligi uchun qo‘llaridagi telefonni olib qo‘ydim. Keyin jarima maydoniga olib boramiz deyishdi. Birinchi qarshilik ko‘rsatdim. So‘ngra jarima maydoniga bordim. O‘zim bilmagan holda yaʼni jahl ustida haqoratli so‘zlarni ishlatdim. Ichki ishlar xodimlaridan va xalqimizdan haqoratli so‘zlar ishlatganligim uchun uzr so‘rayman”,- deydi ayol haydovchi.

 

Jamoat joyida yurish-turish qoidasini qasddan mensimasdan harakat qilgan, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan va YPX xizmati inspektorini obro‘sizlantirishga uringan ushbu qoidabuzarlar ustidan sud majlisi o‘tkazildi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, ayol haydovchi MJtKning 41-moddasi, 194-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga nisbatan BHMning 30 barobari miqdorida jarima jazosi tayinlandi.

 

Erkak haydovchi MJtKning 183-194- moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Unga nisbatan 10 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Toshkentda YPX xodimini haqoratlagan ayol uzr so‘rab chiqdi | Zamon.uz