O'zbekiston

Endi O‘zbekistonning ham o‘z harbiy droni bor

“Gʻalaba bogʻi”da MSITF—2025: Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali boshlandi.

Endi O‘zbekistonning ham o‘z harbiy droni bor

Toshkentda 29-maydan Mudofaa sanoati va xavfsizlik sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali start oldi. Festivalda Qurolli Kuchlarga zarur boʻlgan zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati hamda tekstil sohasida ishlab chiqaruvchi tashkilot, yirik korxonalar va jismoniy shaxslar hamda ixtirochilar oʻzlarining mahsulotlari bilan ishtirok etishmoqda.

 

Innovatsion g‘oyalarni amaliyotda sinovdan o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida zamonaviy texnologiyalarga qiziqishni yanada kuchaytirish va muhandislik sohalariga keng jalb qilish, ishlab chiqaruvchi mahalliy korxona va tashkilotlarni mudofaa sanoati sohasiga yo‘naltirish maqsadida “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hududida, mudofaa sohasidagi innovatsion texnologiyalar festivali ikki yildan buyon tashkil etiladi.

 

 

 

 

Festivalning bu yilgi tadbirlari doirasida ham mudofaa sanoatiga oid zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnikalar, robototexnikalar, kimyo-texnologiyalari, kon-metallurgiya sohasi hamda harbiy, ikki xil maqsadga mo‘ljallangan maxsulotlar ko‘rgazmasi namoyish etildi.

 

Festivalda T-64 tankining eng so‘nggi modifikatsiyasi namoyish etildi. Shu bilan birga, mahalliy ishlab chiqarilgan fuqarolik samolyoti namoyish etildi. Yaqin kunlarda u savdoga chiqarilishi rejalashtirilgan va istagan fuqaro uni sotib olishi mumkin bo‘ladi. Taxminiy narxi — 200 ming AQSh dollari atrofida. Maksimal tezligi — soatiga 200 km. Bu orqali mamlakatda kichik aviatsiya rivoji yangi bosqichga chiqishi kutilmoqda.

 

 

 

 

Shu bilan birga, Turin Politexnika universiteti 2-bosqich talabasi, 17 yoshli Arduino Mingafarov o’zining robotexnikaga oid mualliflik loyihalarini ham taqdim etdi. Loyihada “O’rgimchak robot”, “Sensorli ovoz”, “Qo’lga o’rgatilgan dron”, “Avtoto’siq” shular jumlasidandir.

 

Dastlab, tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri general-mayor Shuxrat Xalmuxamedov so‘zga chiqib, barcha ishtirokchilarni yurtimizda ikkinchi bor o‘tkazilayotgan mazkur festival bilan qutlab, mamlakatimiz mudofaasi uchun o‘z hissasini qo‘shayotgan tadbirkorlarga minnatdorlik bildirdi. Va favqulotda vaziyatlar natijasida bevaqt olamdan ko’z yumgan harbiy xizmatchilarning oilasi va farzandlariga sovg’a-salomlar ulashildi, ularga yana bir bor hamdardlik bildirildi.

 

 

 

 

Shuningdek, ko‘rgazma doirasida ishtirokchi kompaniyalarning “B2B” biznes tadbirlari, ya’ni muzokaralar o‘tkazildi. Undan tashqari, festival doirasida yoshlar o‘rtasida “Kiber sport”, “Xakerlik ustasi”, “Dasturlash”, “3D modellashtirish texnologiyalari”, “Robotlar jangi”, Uchuvchisiz uchish apparatlarini loyihalashtirish”, “Raketamodel”, “Dron-reysing” va “Kelajak transport texnologiyalari robototexnikasi” yo‘nalishlarida musobaqalar o‘tkaziladi.

 

Dasturlash va robototexnikaga qiziqadigan yoshlarimiz uchun ushbu festival o‘z g‘oyalarini ro‘yobga chiqarish hamda sohadagi bilimlarini yanada rivojlantirish yo‘lida birinchi qadam bo‘ladi. Festivalda saralab olingan iqtidorli yoshlar va fuqarolarga kelgusida Mudofaa sanoati korxona va zavodlarida o‘zlarining ishlanmalarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishlari va ishga joylashishlari uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

 

Festival davomida rejalashtirilgan ko‘rgazma va musobaqalar o‘zaro hurmat, sog‘lom raqobat, chinakam vatanparvarlik ruhida o‘tishi va yorqin lahzalarga boy bo‘lishi kutilmoqda.

 

                                                                                                                                  Gavhar Ziyodullayeva, jurnalist

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Endi O‘zbekistonning ham o‘z harbiy droni bor | Zamon.uz