O'zbekiston

Farg‘onada 8 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar to‘xtatib qolindi

Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov boshlangan.

Farg‘onada 8 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar to‘xtatib qolindi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi “Nexia-3” rusumli avtotransport vositasi Bog‘dod tumani hududida to‘xtatilib tekshirildi. Natijada, avtomashina salonida 8 turdagi 413 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari borligi aniqlandi.

 

Shuningdek, Bag‘dod tumanida joylashgan va mazkur fuqaroga tegishli bo‘lgan 2 ta ombor ko‘zdan kechirilganda, sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan jami 60 turdagi 100.332 dona dori vositalari noqonuniy saqlanayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

 

Tezkor tadbir davom ettirilib, Farg‘ona shahrida joylashgan ombordan esa noqonuniy saqlanayotgan 39 turdagi 16.897 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

 

O‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida, dastlabki umumiy qiymati jami 8 milliard 1 million 429 ming so‘mlik 117.642 dona sifati kafolatlanmagan dori vositalari vaqtincha saqlovga olindi.

 

Bu yo‘nalishdagi tadbirlar davom etirilib, Marg‘ilon shahrida yashovchi, 1992 y.t. fuqaroga tegishli 3 ta “yashirin” omborda Qirg‘iz Respublikasidan aylanma yo‘llar orqali olib kelingan, umumiy qiymati 400 mln. so‘mlik 15 turdagi kateter igna, jgut, elektron termometr, tonometr kabi jami 30 ming dona tibbiyot jihozlari saqlanayotganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

 

Hozirda mazkur holatlar bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Farg‘onada 8 mlrd so‘mlik sifatsiz dorilar to‘xtatib qolindi | Zamon.uz