Mustaqillikka bag‘ishlangan qo‘shiqlar tanlovi e’lon qilindi
Ijodiy ishlar joriy yilning 1-avgustgacha qabul qilinadi.

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi va “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi yurtimiz mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan xonanda, shoir va bastakorlar o‘rtasida qo‘shiqlar tanlovini e’lon qildi.
Tanlovga Vatan, istiqlol, tinchlik, ona yurtga muhabbat va millatlararo do‘stlik kabi mavzularda yaratilgan yangi qo‘shiqlar qabul qilinadi. Asarlar 2025-yil 1-avgustgacha “Mustaqillik-2025” Telegram manziliga yuborilishi lozim.
G‘oliblar 15-avgust kuni e’lon qilinadi. 1-o‘rin uchun 50 mln, 2-o‘rin uchun 40 mln, 3-o‘rin uchun esa 30 mln so‘m pul mukofoti belgilangan. Tanlovda muvaffaqiyat qozonganlar mustaqillik bayrami asosiy tadbirida ishtirok etish huquqiga ega bo‘ladilar.







