“Madaniy komediya” filmi namoyishi bo‘lib o‘tdi
Film “Rossiya kinosi festivali” doirasida taqdim etildi.

O‘zbekiston Milliy kino sanʼati saroyida “Rossiya kinosi festivali” doirasida “Madaniy komediya” filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda film ssenariy muallifi Danil Trotsenko, O‘zbekistonda yashovchi rossiyaliklar, kino ixlosmandlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Satirik komediya janrida suratga olingan filmda bosh qahramon — yo‘l qurilishi bilan shug‘ullangan Viktor Letaev o‘z lavozimini saqlab qolish uchun Perm o‘lkasining madaniy merosini o‘rganishga majbur bo‘ladi. Syujet davomida byurokratiya, mas’uliyatsizlik va zamonaviy jamiyatdagi kulgili holatlar o‘tkir hazil orqali yoritiladi.
Namoyishdan so‘ng tomoshabinlar yangilangan ekspozitsiyalar bilan boyitilgan O‘zbekiston Kino sanʼati muzeyini ham tomosha qilib, milliy kino merosimizning tarixiy va madaniy boyliklari bilan yaqindan tanishdilar.







