O'zbekiston

Mahalliy multifilmlarimiz soni ko'paymoqda

1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan yangi animatsion film taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mahalliy multifilmlarimiz soni ko'paymoqda

Kecha Oʻzbekiston Milliy kino sanʼati saroyida O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi tashabbusi bilan bolajonlarimiz uchun yangi animatsion film — “Musbatoy va Manfiybek”ning bayramona namoyishi bo‘lib o‘tdi.

 

Mazkur loyiha Kinematografiya agentligi buyurtmasi asosida “Renessans TV” bilan hamkorlikda tayyorlangan bo‘lib, film tomoshabinlarga bepul taqdim etildi.

 

 

 

 

Tomoshabinlar, mehmonlar va bayramona kayfiyat

 

Namoyishda kinoijodkorlar, Toshkent shahridagi mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari, yurtdoshlarimiz hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida kichkintoylar uchun turli sovg‘alar, attraksionlar, ko‘ngilochar o‘yinlar va boshqa bayramona tadbirlar tashkil etildi.

 

 

 

 

Multfilm mazmuni va tarbiyaviy yo‘nalishi

 

Film asosiy qahramonlari — Musbatoy va Manfiybek — xarakteri jihatidan bir-biridan keskin farq qiluvchi obrazlar bo‘lib, hayotdagi doimiy qarama-qarshilikni ifodalaydi. Ular orqali bolajonlarda butun borliq va dunyo haqida keng tasavvur shakllantirish maqsad qilingan. Multfilmda axborot asrida bolalarda tashqi mafkuralarga nisbatan "o‘zlik" immunitetini shakllantirish hamda milliy qadriyatlarimizni eslatish g‘oyasi ilgari surilgan. Ssenariyda esa muallif milliy qadriyatlarimizni silliq va sodda ifodalash orqali kichkintoylarga ongli ta’sir o‘tkaza olgan.

 

 

 

 

Yana bir kun davom etadigan kino bayrami

 

Shu bilan birga, Kino saroyining barcha zallarida o‘zbek va rus tillarida turli janrdagi filmlar ham bepul namoyish etildi. Ushbu namoyishlar 2-iyun kuni ham davom etishi rejalashtirilgan.

 

                                                                                                                                  Gavhar Ziyodullayeva, jurnalist

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.