O'zbekiston

Vazirlar va qo‘mita raisi bolalik xotiralari bilan bo‘lishdi

Bugungi O‘zbekiston vazirlari — cho‘pon bola, Germaniyada tug‘ilgan qizaloq, qo‘rqmas yigitcha, va tomorqa zimmasida bo‘lgan o‘spirin.

Vazirlar va qo‘mita raisi bolalik xotiralari bilan bo‘lishdi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov 1963-yil 24-mart kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qo‘ng‘irot tumanida tug‘ilgan.

 

“Katta oilada o‘sganman. 10 nafar farzandning beshinchisiman. Otam davlat xizmatchisi bo‘lgan, tarbiyamiz bilan onam shug‘ullangan. O‘ynashga vaqtimiz bo‘lmasdi. Maktabdan keyin chorva, tomorqa zimamizda edi. Kitob o‘qish, dars qilishimizni dam olishdek qabul qilardik”.

 

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev 1981-yil 12-aprel kuni Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. Bolaligi Samarqand viloyatida o‘tgan.

 

“Juda sho‘x bo‘lganman, 9 qavatli uyning zinapoyasi (pojarniy)ga osilib chiqib, pastga tushish men uchun oddiy mashg‘ulot bo‘lgan — qo‘rqmas, to‘xtamas bola edim. Erta ulg‘aygansan, deyishadi. Rostdan ham shunday bo‘lgan — men maktabga ham tengdoshlarimdan ertaroq borganman. 15 yoshimda talaba bo‘ldim”.

 

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova 1988-yilda Germaniyaning Veymar shahrida tug‘ilgan.

 

“Germaniyada tug‘ilib, maktab yoshigacha o‘sha yerda katta bo‘ldim. Keyin Toshkentga kelib, maktabda o‘qidim”.

 

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov 1975-yil Namangan viloyati Chust tumanida tug‘ilgan. Bolaligi olis qishloqda o‘tgan.

 

“Bolalikda menga topshirilgan eng muhim yumush qo‘y boqish bo‘lgan. Ertalab ikkita nonni belimizga tugib, dalaga qo‘y boqishga ketardik, kechqurun qo‘yni haydab yana ortga qaytardik”.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Vazirlar va qo‘mita raisi bolalik xotiralari bilan bo‘lishdi | Zamon.uz