O'zbekiston

Oliy Majlisda elektr energiyasi tariflari bo‘yicha tushuntirish berildi

Aholining 70 foizi oyiga 300 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qiladi.

Oliy Majlisda elektr energiyasi tariflari bo‘yicha tushuntirish berildi

Bugun Toshkent shahrida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Majlisda Bosh vazir o‘rinbosari — Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri Jamshid Qo‘chqorov davlat byudjeti ijrosi yuzasidan axborot berdi hamda elektr energiyasi tariflaridagi o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish berdi.

 

Tariflar qanday o‘zgardi?

 

Jamshid Qo‘chqorovning ta’kidlashicha, O‘zbekistonda 7,6 millionta elektr energiyasi iste’molchisi mavjud bo‘lib, ularning 70 foizi oyiga 300 kVt/soatgacha elektr energiyasi iste’mol qiladi.

 

“Tariflar oshirilishida hech qanday jiddiy muammo ko‘rmayapmiz. Agar bir oila oyiga 300 kVt/soat tok ishlatsa, to‘lov miqdori avvalgidan 20 ming so‘mga ko‘payadi — 180 ming so‘mdan 200 ming so‘mga,” — dedi Qo‘chqorov.

 

U shuningdek, taqqoslash uchun, respublikada har bir mobil aloqa abonenti o‘rtacha 35 ming so‘m to‘layotganini, aksar oilalarda esa uchta telefon borligini eslatdi.

 

Tariflar tafsiloti:

 

200 kVt/soatgacha: narx 450 so‘mdan 600 so‘mga oshirildi.

 

Bu hajmdagi iste’molchilar o‘rtacha 30 ming so‘m ko‘proq to‘laydi.

 

201–500 kVt/soat oralig‘i: narx 900 so‘mdan 800 so‘mga pasaytirildi.

 

Qo‘chqorovning hisob-kitoblariga ko‘ra, agar oila oyiga 500 kVt/soat tok ishlatsa, umumiy xarajat o‘zgarmaydi — oldin ham, hozir ham 360 ming so‘m atrofida to‘lanadi.

 

Shuningdek, vazir oyiga 1000 kVt/soat va undan ortiq elektr ishlatadigan xonadonlar mamlakatda kam ekanini qayd etdi.

 

Hukumat vakilining aytishicha, energiya narxi oshirilishiga qaramay, ijtimoiy yordam tizimi hamda himoya choralar ko‘zda tutilgan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.