O'zbekiston

O‘zbekistonda ish haqi 10 foizga oshiriladi

Qaror 2025 yil 1 avgustdan kuchga kiradi.

O‘zbekistonda ish haqi 10 foizga oshiriladi

2025 yil 1 iyuldan e’tiboran O‘zbekistonda pensiyalar, nafaqalar, kam ta’minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to‘lovlari miqdori 10 foizga oshiriladi. Bu haqda Prezidentning "Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida"gi farmonida belgilangan.

 

Yangi tartibga ko‘ra:

 

Yoshga doir eng kam pensiya miqdori – oyiga 918 000 so‘m;

 

Nogironlik pensiyasining eng kam miqdori – oyiga 1 012 000 so‘m;

 

Kam ta’minlangan oilalar uchun bolalar nafaqasi miqdorlari quyidagicha belgilanadi:

 

3 yoshgacha bo‘lgan bitta kichik farzand uchun – 360 000 so‘m;

 

3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bitta farzand uchun – 275 000 so‘m;

 

Oilaning ikkinchi farzandi uchun qo‘shimcha – 165 000 so‘m;

 

Uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun qo‘shimcha – 110 000 so‘m;

 

Shuningdek, kam ta’minlangan oilalarga oyiga beriladigan moddiy yordam miqdori 420 000 so‘m etib belgilanadi.

 

Boshqa pensiya va nafaqalar miqdorlari farmonga ilova asosida belgilanadi.

 

2025 yil 1 avgustdan boshlab esa byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi va stipendiyalar miqdori ham 10 foizga oshiriladi.

 

Baza miqdorlaridagi o‘zgarishlar:

 

2025 yil 1 iyuldan boshlab pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 471 000 so‘m;

 

2025 yil 1 avgustdan boshlab:

 

Mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori – oyiga 1 271 000 so‘m;

 

Bazaviy hisoblash miqdori – 412 000 so‘m etib belgilanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda ish haqi 10 foizga oshiriladi | Zamon.uz