Angrenda Yaponiya texnologiyasi asosida sintetik metan ishlab chiqarildi
Bu energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.

Angren shahrida Yaponiyaning ITO Corporation va “Hududgazta’minot” hamkorligida sintetik metan ishlab chiqarish tizimi sinov tariqasida ishga tushirildi.
Propan va havo aralashmasidan hosil qilinayotgan bu gaz pilot hududdagi ko‘p qavatli uylarni ta’minlamoqda. Yangi texnologiya ekologik toza bo‘lib, energiya samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.
Loyiha ijobiy natija bergani sababli, uni butun respublika bo‘yicha joriy etish rejalashtirilmoqda.







