O‘zbekistonda Xitoy yuani rasmiy ravishda sotila boshlandi
Vizalarning bekor qilinishi ortidan yuan ayirboshlash joriy etildi.

1-iyundan boshlab asosiy banklardan biri Toshkentdagi barcha ayirboshlash shoxobchalarida Xitoy yuanini sotib olish va sotish xizmatlarini yo‘lga qo‘ydi.
Mazkur yangilik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida vizasiz rejimning kuchga kirishi fonida joriy etilgan.
Qayd etilishicha, xorijiy mehmonlar va mahalliy aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent xalqaro aeroportidagi ayirboshlash shoxobchalarida ham yuan bilan ishlovchi xizmatlar yo‘lga qo‘yilgan. Ushbu nuqtalar 24 soat davomida faoliyat yuritadi.







