O'zbekiston

Qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Hazorasp, Gurlan, Xiva va Bog‘ot tuman bo‘limlari, DXX va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirlarda qalbaki aksiz markali mahsulotlar savdosi aniqlangan.

 

O‘tkazilgan tadbirlarda YATT “G.J.”, “D.B.” xususiy korxonasi, “X.D.” va “A.T.” MChJlarning savdo do‘konlarida jami 4 690 dona qalbaki aksiz markali alkogol hamda 1 137 quti tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilgani aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan.

 

Shuningdek, Departamentning Uzun tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “K.B.” xususiy korxonasining savdo do‘konidan 769 dona alkogol va 540 quti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qalbaki alkogol va tamaki mahsulotlarining noqonuniy savdosi fosh etildi | Zamon.uz