O'zbekiston

Toshkentda 19 yoshli yigit osilgan holda topildi

Marhumning qimor o‘yinlaridan katta qarzi bo'lgani aytilmoqda.

Toshkentda 19 yoshli yigit osilgan holda topildi

2025-yil 31-may kuni soat 06:30 atrofida Toshkent shahri Yashnobod tumanidagi Istiqlol ko‘chasi, 1-uy oldida daraxtga osilgan holda 2006-yilda tug‘ilgan, Sirdaryo viloyati Oqoltin tumanida yashovchi yigitning jasadi topildi.

 

Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda marhum qimor o‘yinlarida katta miqdorda qarzga botgani haqida rasman tasdiqlanmagan xabarlar tarqaldi. Ayni paytgacha bu borada rasmiy izoh berilmagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"