O'zbekiston

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim 7 yilda tub o‘zgarishga yuz tutdi

Maktabgacha ta’limda qamrov 3 barobar, tashkilotlar soni 7 barobar oshdi.

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim 7 yilda tub o‘zgarishga yuz tutdi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) mutaxassislari tomonidan 2017–2024 yillar oralig‘ida maktabgacha ta’lim tizimida amalga oshirilgan o‘zgarishlar chuqur tahlil qilindi.

 

Tahlil natijalariga ko‘ra, ushbu davrda maktabgacha ta’lim tashkilotlari soni 7 barobar oshib, 2024-yil oxiriga kelib 38 058 taga yetgan. 2017-yilda bu ko‘rsatkich atigi 5 186 tani tashkil etgan edi.

 

Shu bilan birga, muassasalardagi o‘rinlar soni 3,3 barobarga oshib, 2,4 million bolani qamrab olish imkoniyati yaratilgan. 3–6 yoshdagi bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi esa 25,4 foizdan 76 foizgacha ko‘tarilib, qariyb 3 barobar oshgan.

 

Pedagog xodimlar soni ham sezilarli darajada ortib, 175 ming nafarga yetgan. Har bir pedagogga o‘rtacha 13,4 nafar bola to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa pedagogik ta’minotda sifat va barqarorlikni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

 

2020-yilda "Finance Inquirer" nashrining YUNICEF, Jahon banki va RGCA (Research Group Central Asia) ma’lumotlariga asoslangan reytingida O‘zbekiston bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish bo‘yicha dunyodagi eng yaxshi o‘sish sur’atini namoyon qilgan 10 mamlakatdan biri sifatida birinchi o‘rinni egalladi.

 

2023-yil 9-oktyabrdan boshlab mamlakat bo‘ylab ilk bor MELQO xalqaro baholash tizimi asosida maktabgacha ta’lim sifati baholandi. Baholash natijalariga ko‘ra:

 

bolalarning erta matematika ko‘nikmalari — 94 foiz,

 

erta savodxonlik ko‘nikmalari — 77 foizdan yuqori,

 

baholashda ishtirok etgan tashkilotlarning 90 foizi o‘quv-metodik adabiyotlar bilan to‘liq ta’minlangan.

 

Shu bilan birga, Jahon banki ko‘magida boshlangan “Bolalarni erta rivojlantirish tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida 9 ta hududda 30 ta mobil avtobus orqali 142 ta ko‘chma guruh tashkil qilindi va 2 528 ta yangi o‘rin yaratildi. Bu imkoniyati cheklangan hududlardagi bolalarning ta’limga teng kirishini ta’minlashga xizmat qilmoqda.

 

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida esa quyidagi muhim vazifalar belgilangan:

 

barcha bolalarni maktabgacha ta’lim bilan to‘liq qamrab olish;

 

kompyuter sinflarini joriy qilish orqali boshlang‘ich raqamli savodxonlikni shakllantirish;

 

barcha maktabgacha ta’lim muassasalarini toza ichimlik suvi va zamonaviy gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

O‘zbekistonda maktabgacha ta’lim 7 yilda tub o‘zgarishga yuz tutdi | Zamon.uz