O'zbekiston

Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati

Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

Ertaga poytaxtdagi 122 ta masjidda hayit namozi o‘qiladi. Shu sababdan soat soat 00:00 dan 08:00 gacha qator ko‘chalarda harakat vaqtincha cheklanadi.

 

Yopiladigan ko‘chalar ro‘yxati:

 

Mirzo Ulug‘bek tumani

 

— “To‘ra buva” masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo‘li ko‘chasi – Sho‘rtepa ko‘chasidan, Buyuk Ipak yo‘li – Sultoniya ko‘chasigacha.

 

Bektemir tumani

 

— “Xo‘ton” masjidi oldidagi Bektemir shoh ko‘chasi – Xusayn Boyqaro ko‘chasidan, Bektemir yo‘li ko‘chasigacha.

 

Olmazor tumani

 

— “Islomobod” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Sag‘bon ko‘chalari chorrahasigacha.

 

— "Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko‘chasi, Qorasaroy – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko‘chalari chorrahasigacha.

 

— “Do‘stjonboy” masjidi oldidagi Sag‘bon – Sag‘bon 12-tor ko‘chalari kesishmasidan, Keles yo‘li – Noraztepa ko‘chalari chorrahasigacha.

 

Shayxontohur tumani

 

— "Shayx Zayniddin" masjidi oldidagi Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon ko‘chalari chorrahasidan, Ko‘kcha Darvoza – Beshqayrag‘och ko‘chalari chorrahasigacha.

 

— "Xo‘ja Allambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon ko‘chalari chorrahasidan, Kamolon – Ustazoda 2-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

 

 — "Kox ota" masjidi oldidagi Sebzor ko‘chasi, Nurafshon – Sebzor ko‘chalari chorrahasidan, Nurafshon – Labzak ko‘chalari chorrahasigacha.

 

Chilonzor tumani

 

— "Ubay ibn Kaʼb" masjidi oldidagi Al Xorazmiy ko‘chasi, Al Xorazmiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.

 

— "Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" masjidi oldidagi So‘galli ota ko‘chasi, Al Xorazmiy – So‘galli ota ko‘chalari kesishmasidan, Xonabod 2-berk ko‘chasidan – So‘galli ota ko‘chasigacha.

 

— “Novza” masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy ko‘chalari kesishgan ko‘prik ostidan, Oliy Majlis binosi qarshisigacha.

 

Uchtepa tumani

 

 — "Abdulloh ibn Maʼsud" masjidi oldidagi Lutfiy ko‘chasi, Lutfiy – Xirmontepa ko‘chalari chorrahasidan, Lutfiy – Katta qaʼni ko‘chalari chorrahasigacha.

 

— "Hazrati Ali" masjidi oldidagi Nazarbek – Mahorat ko‘chalari chorrahasidan, Nazarbek – Zamaxshariy 1-tor ko‘chalari chorrahasigacha.

 

Yunusobod tumani

 

— “Minor” masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Ko‘rgazma ko‘chalari chorrahasidan, KXAY – Sh.Rashidov ko‘chalari chorrahasigacha.

 

— "Mirzo Yusuf" masjidi oldidagi Bog‘ishamol ko‘chasidan, Shivli ko‘chasigacha.

 

Yakkasaroy tumani

 

 — "Usmon bin Maʼzun" masjidi oldidagi KXAY ko‘chasi, KXAY – Qushbegi chorrahasidan, KXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasigacha.

 

Sergeli tumani

 

— "Nurul Islom" masjidi oldidagi TXAY – Fayzli Toshkent ko‘chalari chorrahasidan, TXAY – Qumariq ko‘chalari chorrahasigacha.

 

Yashnobod tumani

 

— "Islom ota" masjidi oldidagi Farg‘ona yo‘li ko‘chasi, Farg‘ona yo‘li – Fitrat ko‘chalari chorrahasidan, Farg‘ona yo‘li – Tolimarjon ko‘chalari chorrahasigacha.

 

Mirobod tumani

 

 — “Qo‘yliq ota” masjidi oldidagi TXAY ko‘chasi – Qo‘yliq bozori ko‘prik ostidan, TXAY – Munis ko‘chalari chorrahasigacha cheklanadi.

 

Masjidlar joylashgan boshqa ko‘chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi | Zamon.uz