Toshkentda ikki fuqaro o’zaro janjallashdi
Tortishuv “mayda bezorilik” sifatida rasmiylashtirildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda ikki fuqaro o‘zaro janjallashgan holat aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Holat yuzasidan rasmiy ma’lumot taqdim etildi.
6-iyun kuni soat taxminan 17:00 larda Olmazor tumani, Sag‘bon 1-berk ko‘chasida 1993-yilda tug‘ilgan U.E. tanishi — shu yilda tug‘ilgan M.A. bilan og‘zaki tortishuvga kirishib, janjal ko‘rinishiga kelib qolgan. Atrofda bo‘lgan fuqarolar ularni ajratgan.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
Mazkur holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 183-moddasi — “Mayda bezorilik” alomatlari bo‘yicha hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Olmazor tuman sudiga yuborilgan.







