O'zbekiston

Prezident Slovakiya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

Unda xalqaro ahamiyatga molik masalalar ko‘rib chiqildi.

Prezident Slovakiya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi

9-iyun kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Slovakiya Respublikasi Bosh vaziri Robert Fitsoning muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

 

O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasidagi amaliy hamkorlikni yana-da rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

 

Uchrashuv avvalida davlatimiz rahbari ushbu tashrif ko‘p qirrali O‘zbekiston-Slovakiya munosabatlari tarixida sifat jihatidan yangi bosqichni boshlab berishini alohida taʼkidladi.

 

Hamkorlik barcha yo‘nalishlarda jadal rivojlanib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Tashqi ishlar vazirliklari darajasida konstruktiv siyosiy muloqotlar yo‘lga qo‘yildi, ishbilarmonlik va gumanitar almashinuvlar faollashdi.

 

Tovar ayirboshlash ortib bormoqda. May oyida Hukumatlararo komissiyaning birinchi yig‘ilishi samarali o‘tkazildi. Kooperatsiyaning qator yangi yo‘nalishlari va loyihalari ustida ish olib borilmoqda.

 

Zamonaviy tahdidlar va oldindan aytib bo‘lmaydigan xalqaro vaziyatni hisobga olib, tashqi siyosiy idoralar, shu jumladan Yevropa institutlari bilan sheriklik doirasida tizimli hamkorlik qilish, muvofiqlashtirish va qo‘llab-quvvatlash muhimligi qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, eng avvalo, o‘zaro yetkazib berilayotgan mahsulot turlarini kengaytirish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

 

O‘zbekistondan to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, kimyo mahsulotlari, polimerlar, Slovakiyadan esa kauchuk, avtomobil qismlari, farmatsevtika va boshqa sanoat tovarlarini yetkazib berish shular jumlasidan.

 

Texnik jihatdan tartibga solish va metrologiya sohalarida imzolanadigan bitimlarni amalga oshirish doirasida texnik to‘siqlarni bartaraf etish va kvant etaloni laboratoriyasini ishga tushirish muhimligi qayd etildi.

 

Slovakiyaning yetakchi kompaniyalari bilan sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha keng ko‘lamli dasturni tayyorlash, jumladan, agrosanoat majmui, avtomobillar uchun butlovchi qismlarni mahalliylashtirish, farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish, “yashil” energetika va turizm loyihalarini amalga oshirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Raqamli yechimlarni joriy etish va startap investitsiyalar sohasida katta imkoniyatlar mavjud. Shu maʼnoda, IT startaplarini akseleratsiya qilish bo‘yicha qo‘shma venchur fondini tashkil etish masalasi ko‘rib chiqildi.

 

Shuningdek, qo‘shma loyihalarni qo‘llab-quvvatlash uchun mavjud moliyaviy vositalardan keng foydalanish taklif etildi.

 

Gumanitar sohada taʼlim va akademik almashinuvni rivojlantirishdan ikki tomon ham manfaatdor ekani tasdiqlandi. Qo‘shma tadqiqot dasturlarini, shu jumladan Bratislavadagi Komenskiy universiteti ishtirokida yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishildi.

 

Tomonlar o‘zaro ko‘rgazmalar, kino namoyishlari, konsertlar, shuningdek, muzey ishi sohasidagi loyihalarni o‘tkazishni nazarda tutuvchi Madaniyat sohasida hamkorlik dasturini qabul qilishga kelishib oldilar.

 

Tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasi masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Slovakiya tomoni ushbu sohada tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan manfaatdor ekani taʼkidlandi.

 

Xalqaro ahamiyatga molik masalalar, jumladan, ko‘p tomonlama maydonlarda o‘zaro qo‘llab-quvvatlash yuzasidan ham fikr almashildi.

 

Qabul qilingan qaror va kelishuvlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida ikki mamlakat hukumatlari tomonidan keng qamrovli "yo‘l xaritasi" qabul qilinishi haqida kelishib olindi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Prezident Slovakiya Bosh vaziri bilan muzokara o‘tkazdi | Zamon.uz