Jizzaxda fermerning 128 mln qarzi MIB orqali undirildi
Ijrochilar uning hisob raqamlariga band solgan.

Davlat byudjetining barqarorligi va iqtisodiyotning izchil rivojlanishi uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘lanishi juda muhim. Majburiy ijro byurosi bu borada doimiy ish olib boradi.
Jizzax viloyati Soliq boshqarmasining qaroriga asosan, “S.K.” fermer xo‘jaligining 128 million so‘m miqdoridagi soliq qarzi o‘z vaqtida to‘lanmagan edi. Ushbu qarzdorlikni undirish bo‘yicha ijro hujjati MIBning Sharof Rashidov tumani bo‘limiga kelib tushdi.
Davlat ijrochilari zudlik bilan qarzdor xo‘jalikning hisob raqamlariga band soldilar va uning barcha mol-mulklariga taqiq qo‘ydilar.
Ko‘rilgan majburiy ijro harakatlari natijasida, xo‘jalikdan 128 million so‘mlik soliq qarzi to‘liq undirib olindi.







