O'rta Osiyo chigirtkalarga qarshi birga kurashadi
Uch davlatning fitosanitariya xizmati rahbarlari uchrashishdi.

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston mavsumiy chigirtkalarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirmoqda. EPPO tashkiloti yig‘ilishi doirasida uch davlatning fitosanitariya xizmati rahbarlari uchrashib, samarali choralarni muhokama qildi.
Uchrashuvda Locust.uz elektron tizimi taqdim etildi. Bu platforma chigirtka tuxum qo‘ygan joylar va kimyoviy ishlov berilgan hududlarni ko‘rsatadi. GPS qurilmalari yordamida texnikalarning harakati kuzatilib, vaziyatga o‘z vaqtida baho berish imkonini yaratadi.
Tomonlar chegaradosh hududlarda chigirtkalarga qarshi kurashda tezkor axborot almashinuvi, fitosanitariya holati va zararli organizmlar haqidagi ma’lumotlarni muntazam yetkazib turishga kelishib oldi. Shuningdek, fitosanitariya sertifikatlari bo‘yicha tizimlarni birlashtirish rejalashtirilgan.







