Salomatlik

Yoz faslida salomatlikni qanday asraymiz?

Bu borada 7 ta muhim tavsiya eʼlon qilindi.

Yoz faslida salomatlikni qanday asraymiz?

Yurtimizga yoz fasli kirib keldi. Bu davrda kuzatiladigan issiq harorat inson tanasida baʼzi muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Shu bois har bir odam shaxsiy gigiyena qoidalariga amal qilishi zarur.

 

Quyida yoz faslida salomatlikni asrash bo‘yicha bir nechta muhim tavsiyalarni berib o‘tamiz.

 

bilamizki, issiq havoda ayrim oziq-ovqat mahsulotlari juda tez ayniydi. Shu sababli doim toza va ozoda joylarda taomlanish, sifati tez buziladigan mahsulotlardan saqlanish zarur.

 

Bozorlar, ko‘chalar va yo‘l yoqalarida sotiladigan uy sharoitida tayyorlangan yeguliklar hamda ayron, o‘rik sharbati kabi qo‘lbola ichimliklarni isteʼmol qilmang. Shuningdek, meva va sabzavotlarni yaxshilab yuvib, so‘ng tanovul qiling. Go‘sht va sut mahsulotlarini faqat sovutgichda saqlang.

 

Cho‘milish havzalaridagi ifloslangan suv o‘tkir virusli ichak infeksiyalari, gepatit (A, E), ichburug‘, ichterlama, lyamblioz kabi xavfli kasalliklarni keltirib chiqaradi. Shuningdek, ochiq suv havzalarida suzish turli teri xastaliklari, burun, og‘iz va quloq shilliq qavatlari yallig‘lanishiga ham olib kelishi mumkin.

 

Shu bois doim faqat toza va dezinfeksiyalangan sunʼiy suzish havzalarida cho‘milish lozim. Shaxsiy sochiq va suzish vositalarini ishlatish, ularni begona odamlarniki bilan almashtirmaslik zarur.

 

Yoz faslida sovun va antiseptik gellar yordamida tez-tez qo‘llarni yuvib turish terini ozoda saqlab, zararli bakteriya va viruslardan xalos etadi. Ayniqsa, taomlanishdan oldin va keyin hamda tashqaridan uyga kelganda bu odatni kanda qilmaslik lozim.

 

Jazirama havo inson terisida bakteriyalarni ko‘paytiradi. Shu sababli issiq kunlarda tez-tez iliq dush qabul qilish salomatlik uchun foydali.

 

Jamoat hojatxonalaridan foydalangach, albatta, qo‘llarni sovunlab yuvish kerak. Yoxud antiseptik vositalarni ishlatish tavsiya etiladi.

 

Issiq kunlari organizm juda ko‘p suyuqlik talab qiladi. Bunday paytda, albatta, toza va xavfsiz ichimliklar isteʼmol qilish kerak. Ayniqsa, qaynatilgan yoki filtrlangan toza suv ichish tanada suyuqlik balansini ushlashga yordam beradi.

 

Yoz fasli quruq bo‘lgani uchun chang va g‘uborlar havoga tez ko‘tariladi. Shu bois uylarni ozoda saqlash, namlikni nazorat qilish va havoni almashtirib turish juda muhim. Eshik tutqichlari, stol-stul va boshqa tez ifloslanadigan joylarni dezinfeksiya vositalari bilan tozalash turli kasalliklarga chalinishning oldini oladi.

 

Bundan tashqari, ish joyida shaxsiy ozodalikka rioya qilish, xona havosini tez-tez almashtirib turish, konditsioner va ventilyatorlardan to‘g‘ri foydalanish salomatlikni saqlashda juda muhim.

custom img

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

custom img

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

custom img

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

custom img

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

custom img

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

custom img

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

custom img

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

custom img

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"