O'zbekiston

Bola puli miqdori oshdi, ammo uni olayotganlar keskin kamaydi

O‘zbekistonda bola puli oluvchilar soni bir yil ichida ikki barobarga qisqardi.

Bola puli miqdori oshdi, ammo uni olayotganlar keskin kamaydi

 

O‘zbekistonda bolalarga mo‘ljallangan ijtimoiy nafaqa — bola puli bo‘yicha oxirgi yildagi statistika e’tiborli o‘zgarishlarni ko‘rsatmoqda. 2024-yil boshida bola puli olayotgan oilalar soni 1,9 millionni tashkil etgan bo‘lsa, 2025-yilning birinchi choragida bu ko‘rsatkich 774 ming oilagacha tushgan.

 

Shunga qaramay, bola puliga ajratilayotgan umumiy mablag‘ hajmi oshgan. Masalan, 2024-yil yanvarida ushbu yo‘nalishga 888,7 milliard so‘m, 2025-yilning birinchi choragida esa 1,16 trillion so‘m yo‘naltirilgan. Bu — oluvchilar soni kamaygan bo‘lsa-da, yagona to‘lov miqdorining oshirilganini bildiradi.

 

Hududlar kesimida eng katta qisqarish Qashqadaryo, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Andijon va Surxondaryo viloyatlarida kuzatilgan. Jumladan, Qashqadaryoda bola puli olayotgan oilalar soni 225 mingdan 44 minggacha tushgan.

 

Yana bir muhim yangilik shuki, 2025-yil iyul oyidan boshlab bola puli miqdori yana 10 foizga oshiriladi. Ayni vaqtda bola pulining amaldagi miqdorlari quyidagicha:

 

  • 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun – 325 ming so‘m (iyuldan 360 ming so‘m)
  • 3 yoshdan katta bolalar uchun – 250 ming so‘m (iyuldan 275 ming so‘m)
  • Ikkinchi farzand uchun – 150 ming so‘m (iyuldan 165 ming so‘m)
  • Uchinchi va undan keyingi farzandlar uchun – 100 ming so‘m (iyuldan 110 ming so‘m).
Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Bola puli miqdori oshdi, ammo uni olayotganlar keskin kamaydi | Zamon.uz