O'zbekiston

Toshkentda xalqaro surishtiruv jurnalistikasi treningi bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston va Latviya jurnalistlari korrupsiyaga qarshi kurashda tajriba almashishdi.

Toshkentda xalqaro surishtiruv jurnalistikasi treningi bo‘lib o‘tdi

 

2025-yil 9-iyun kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligida muhim bir xalqaro trening bo‘lib o‘tdi. Tadbir surishtiruv jurnalistikasi mavzusiga bag‘ishlanib, unda Latviya va O‘zbekiston jurnalistlari, media ekspertlari ishtirok etdi.

 

Tadbir “Boltiq OAVni rivojlantirish markazi” (Latviya) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, uning asosiy maqsadi jurnalistlarning surishtiruv metodologiyasi, axloqiy yondashuvlar va faktlarni tekshirish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdan iborat edi.

 

Treningning ochilishida Gunta Sloga, Boltiq OAVni rivojlantirish markazi ijrochi direktori va Martins Murnieks, loyiha eksperti so‘zga chiqdi.

 

Tadbir davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:

 

Surishtiruv jurnalistikasining tamoyillari va metodologiyasi, mas’uliyatli yondashuv va qonunchilik, faktlarni tekshirish, ma’lumotlar bazalari bilan ishlash, kontentni samarali tuzish va uni auditoriyaga yetkazish strategiyalari.

 

Treningda Lola Islamova (O‘zbekiston) va Inga Springe (Latviya) kabi yetuk jurnalistlar o‘z ma’ruzalari va tajribalari bilan ishtirokchilarga ilhom bag‘ishladi.

 

Ayniqsa, auditoriyani maksimal darajada qamrab olish, hikoyalarni aniqlash va ularni turli platformalarga moslashtirish bo‘yicha bergan tavsiyalari alohida e’tiborga sazovor bo‘ldi.

 

Ishtirokchilar nafaqat tinglovchi, balki faol qatnashchi sifatida guruhlarda ishladi, turli amaliy mashg‘ulotlar bajardi, savol-javoblar orqali mavzularni chuqurroq o‘zlashtirdi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda xalqaro surishtiruv jurnalistikasi treningi bo‘lib o‘tdi | Zamon.uz