O'zbekiston

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti aʼzolari ushlandi

DXX tashkilotning yashirin guruhini fosh etdi.

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti aʼzolari ushlandi

Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan ichki ishlar organlarini jalb qilgan holda o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Hizb ut-Tahrir” diniy ekstremistik tashkilotining yashirin guruhi fosh etildi.

 

Xususan, Qo‘qon shahrida yashovchi, muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotiga aʼzo bo‘lib, Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun 2000-2019 yillarda ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tagan shaxs 1965-1971 yillar oralig‘ida tug‘ilgan 4 nafar fuqaroni jalb qilgan holda noqonuniy guruh tuzgan.

 

2024-2025 yillar davomida Qo‘qon shahridagi choyxona va oshxonalarda o‘tkazilgan o‘zaro yig‘inlarda guruh aʼzolari “Hizb ut-Tahrir” g‘oyalarini O‘zbekistonga olib kirilishini, ushbu tashkilot tomonidan chop etilgan kitob va jurnallarda ifodalangan aqidaparastlikni, xalifalik davlati qurish g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlab kelishgan.

 

Shuningdek, “Telegram” messenjeridagi yopiq kanalga aʼzo bo‘lib, unda “Hizb ut-Tahrir” DETga tegishli materiallar bilan muntazam tanishib borishgan.

 

Taʼkidlash lozimki, guruhning aʼzosi ham muqaddam “Hizb ut-Tahrir” tashkilotidagi ishtiroki uchun 23 yillik jazo muddatini o‘tab, 2024 yilning aprel oyida ozodlikka chiqqan bo‘lsa, boshqa bir aʼzosi esa firibgarlik bilan bog‘liq jinoyati uchun umrining maʼlum bir qismini panjara ortida o‘tkazgan shaxs hisoblanadi.

 

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 159 va 244 prim 1 hamda 244 prim 2 moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Qo‘qonda “Hizb ut-Tahrir” tashkiloti aʼzolari ushlandi | Zamon.uz