Eron Isroilga qarshi urushni kengaytirishga tayyor
Isroilga yaqin kunlarda 2000 dan ortiq raketa uchirilishi mumkin.

Eron Mudofaa vazirligi Isroilga qarshi urushni kengaytirishga tayyor ekanini rasman ma’lum qildi. Rasmiy bayonotga ko‘ra, yaqin kunlarda 2000 dan ortiq raketa uchirilishi mumkin.
Shuningdek, Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy bazalariga qarshi ham zarbalar rejalashtirilayotgani haqida signal va razvedka ma’lumotlari mavjud. Bu holat mintaqada keskinlikni yanada kuchaytirmoqda.
Eron rasmiylari bu harakatlarni “mudofaa va javob chorasi” sifatida baholamoqda. Xalqaro hamjamiyat esa mojaroni nazoratdan chiqmasligi uchun tomonlarni zudlik bilan muzokaraga chaqirmoqda.







