Xitoyda pirotexnika zavodida portlash sodir bo'ldi
Fojia oqibatida 2 kishi bedarak yo‘qolgan.

Xitoyning Shanchjou shahrida joylashgan pirotexnika zavodida kuchli portlash sodir bo‘ldi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, hodisa oqibatida 9 nafar kishi jarohatlangan, yana 2 nafar ishchi bedarak yo‘qolgan.
Portlashdan so‘ng favqulodda xizmatlar tezda hodisa joyiga yetib borgan. Qutqaruv va qidiruv ishlari davom etmoqda.
Hozircha portlash sabablari aniqlanmagan. Mahalliy hokimiyat hodisa bo‘yicha tergov ishlarini boshlab yuborgan.







