Jahon

Geosiyosiy tanglik valyuta bozorini o‘zgartiradimi?

Dollarning global mavqei pasaymoqda.

Geosiyosiy tanglik valyuta bozorini o‘zgartiradimi?

 

Isroil va Eron o‘rtasidagi keskinlik jahon iqtisodiyotiga, xususan, valyuta bozorlariga qanday ta’sir ko‘rsatmoqda? Ushbu savol hozirda xalqaro moliyaviy doiralarda eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biridir.

 

Xabarlarga ko‘ra, ziddiyat kuchaygani sari investorlar xavfsiz va barqaror aktivlarga intilmoqda. Bu esa dollarning global zaxira valyutasi sifatidagi mavqeini qayta muhokamaga olib chiqmoqda. Yevroning imkoniyati esa muqobil valyuta sifatida baholanmoqda.

 

Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil oxirida jahon valyuta zaxiralarining 57,8 foizi AQSh dollarida, 19,8 foizi esa yevroda saqlangan. Bu dollarning so‘nggi o‘n yillikda 10 foizlik pasayishini anglatadi. Biroq iqtisodchilar bu ko‘rsatkichni dollarning zaiflashishi sifatida emas, balki valyuta zaxiralari diversifikatsiyasi jarayonining natijasi sifatida baholamoqda.

 

Iqtisodchi-deputat Vugar Bayramovning ta’kidlashicha, dollar global savdoda hanuz yetakchi valyuta bo‘lib qolmoqda, strategik mahsulotlar hamon AQSh valyutasida baholanmoqda. Shu bois dollarning yetakchilik mavqei o‘zgarishga yuz tutmayapti.

 

Yevro ulushining pasayishi esa, mutaxassislarning fikricha, yevrohududga yaqin davlatlar siyosatining o‘zgarishi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, Yaponiya iyeni, Britaniya funti, Kanada dollari va Xitoy yuani kabi valyutalarning nisbiy ulushi ortib bormoqda.

 

Xalqaro iqtisodiy tahlilchi Xolid Karimlining fikricha, dollarning pasayishi asosan ikki omil bilan bog‘liq: rivojlanayotgan davlatlar – Xitoy, Hindiston kabi iqtisodlarning kuchayishi va G‘arb davlatlarining o‘z valyutasidan sanksiya vositasi sifatida foydalanishi. Bu boshqa davlatlarni muqobil valyutalarni jamg‘arishga undamoqda.

 

Ekspertlar fikricha, Isroil-Eron mojaro kuchaygan taqdirda, xavf omilining ortishi dollarni mustahkamlashi mumkin. Ayniqsa, AQSh Yevropaga nisbatan urushlardan nisbatan uzoqroq va iqtisodiy jihatdan bardoshliroq davlat sifatida ko‘rilmoqda.

 

Ozarbayjonga keladigan bo‘lsak, iqtisodchilar ushbu global jarayonlar mamlakatga inflyatsiya va resurslar narxi bo‘yicha salbiy ta’sir ko‘rsatishini, biroq davlat zahiralarining diversifikatsiyasi orqali bu xavflarni yumshatish imkoniyati mavjudligini ta’kidlamoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Geosiyosiy tanglik valyuta bozorini o‘zgartiradimi? | Zamon.uz