Isroil Rossiyaning vositachilik taklifini rad etdi
Isroil tinchlik yo‘lini tanlashga tayyor emas.

Isroil Rossiyaning Eron bilan keskinlikni yumshatish borasidagi vositachilik taklifini qabul qilmaslikka qaror qildi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayonot berdi.
“Ayni damda biz, hech bo‘lmaganda, Isroil tomonidan vositachilik xizmatlariga ehtiyoj borligini sezmayapmiz. Umuman olganda, ularning bu mojaroni tinch yo‘l bilan hal etish istagini ham kuzatmayapmiz,” — dedi Peskov.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mintaqadagi vaziyat xavotirli darajada keskinlashib bormoqda va keyingi rivojlanish stsenariylari oldindan bashorat qilib bo‘lmaydigan holga kelgan.
Bu bayonot Isroil va Eron o‘rtasidagi ziddiyatlar fonida, shuningdek, Rossiyaning mintaqadagi diplomatik rolini mustahkamlash harakatlari davomida e’lon qilindi.







