Isroil zarbalari Eron yadroviy dasturini sekinlashtirdi
Isroilning so‘nggi hujumi Eron yadrosiga to‘liq zarba emas.

CNN’ning AQSh razvedka manbalariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, Isroil tomonidan Eron yadroviy inshootlariga uyushtirilgan so‘nggi harbiy zarbalar Tehronning yadroviy dasturiga ma’lum darajada zarar yetkazgan, ammo uni to‘liq to‘xtatishga yetarli bo‘lmagan.
Xususan, Natanz yadroviy markazida ancha zarar kuzatilgan bo‘lsa-da, yer ostida joylashgan Fordo yadroviy inshooti deyarli zararsiz qolgan. Bu esa Eronning uranni boyitish salohiyati to‘liq yo‘qotilmaganini ko‘rsatmoqda.
AQSh razvedkasiga ko‘ra, Eronning yadro qurolini ishlab chiqarish imkoniyati hali mavjud bo‘lib, bunga erishish uchun kamida yana uch yil vaqt kerak bo‘ladi.
Shuningdek, Isroilning bu kabi hujumlarni muvaffaqiyatli amalga oshirishi uchun AQShning havo yordamisiz zarur darajada samara bermasligi ham ta’kidlangan. Bu esa mintaqadagi xavfsizlik muvozanatining nozikligiga yana bir bor e’tibor qaratadi.







