O'zbekiston

Mol-mulk ulushi bo‘yicha 722,1 mln so‘m davlat boji undirildi

Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

Mol-mulk ulushi bo‘yicha 722,1 mln so‘m davlat boji undirildi

Toshkent shahrining Olmazor tumanida fuqarolik ishi yuzasidan olib borilgan ijro harakatlari davomida davlat foydasiga jami 722,1 million so‘m miqdorida boj undirildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi ma’lum qildi.

 

Shayxontohur tumanlararo sudining qaroriga ko‘ra, T.M. foydasiga B.B.dan turmush davrida orttirilgan umumiy mulkning ½ ulushi — 9,2 milliard so‘mlik avtosalon binosi qismi undirildi. Shuningdek, binoga egalik huquqi to‘liq qarzdorga o‘tishi belgilangan.

 

Bundan tashqari, qarzdor erkakdan 370 million so‘m, unduruvchi ayoldan esa 353 million so‘m atrofida davlat boji undirish yuzasidan alohida ijro hujjati kelib tushgan.

 

Tomonlarga huquq va majburiyatlar tushuntirilgach, ular o‘zaro kelishuvga erishdi. Natijada, ijro hujjatlari qonunchilikka muvofiq tamomlandi va bojlar to‘liq undirildi.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Mol-mulk ulushi bo‘yicha 722,1 mln so‘m davlat boji undirildi | Zamon.uz