AQSH yaqin 24–48 soatda Eron bilan urushga kirishish bo‘yicha qaror qabul qiladi
AQSH Eronni muzokaralar stoliga qaytarishga umid qilmoqda.

ABC News telekanalining xabar berishicha, AQSH Eron bilan yuzaga kelgan keskinlik yuzasidan hal qiluvchi qarorni yaqin 24–48 soat ichida qabul qilishi mumkin. Teleradiokompaniya amerikalik rasmiylarga tayanib, bu vaqt oralig‘i mojaroga diplomatik yechim topish imkoniyati bor-yo‘qligini aniqlab beruvchi muhim davr bo‘lishini bildirgan.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, hozircha AQSH diplomatik yo‘lni afzal ko‘rib, Eronni muzokaralar stoliga qaytarishga umid qilmoqda. Asosiy maqsad — Eronni yadro dasturidan, xususan, uranni bpyitishdan to'liq voz kechishga erishish va "yadro bitimi"ni imzolashdir.
Shuningdek, agar Tehron muzokaralarga rozilik bildirsa, hafta davomida AQSH va Eron vakillari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi mumkinligi aytilmoqda.
Shunga qaramay, harbiy variant istisno emas. Agar diplomatik urinishlar muvaffaqiyatsiz tugasa, AQSH harbiy choralar ko‘rishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu esa mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishi ehtimoli bor.







