O'zbekiston

Buxoroda ayol farzandini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Sud hukmi bilan u 3 yil 6 oy muddatga qamaldi.

Buxoroda ayol farzandini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi

Oliy sudning xabar berishicha, N.K. buxorolik tanishi bilan birga yashab, 2024 yil iyun oyida Turkiyaga ishlash maqsadida ketadi va 2024 yil avgust oyida xorijiy davlatdan qaytib kelib, shu oyda qiz farzandini dunyoga keltiradi. U yana ishlash maqsadida Turkiyaga ketishni rejalashtiradi va buning uchun farzandini sotmoqchi bo‘ladi.

 

2024 yilning 4 sentyabr kuni IIB va DXX xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda N.K. o‘zining 2024 yil 21 avgustda tug‘ilgan farzandini 10 million so‘mga sotib, voyaga yetmagan farzandini sotganligi bo‘yicha tilxat yozib bergan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Aybdor ayolning qilmishi nafaqat o‘zining ko‘rsatmasi, balki pullarni ko‘zdan kechirish, kimyoviy ishlov berish va yozib olingan ovozlar, voqea joyini ko‘zdan kechirish hamda ashyoviy dalillarni olib qo‘yish haqidagi bayonnoma, ekspertiza xulosasi va guvohlarning ko‘rsatmalari bilan tasdiqlandi.

 

Sud tomonidan N. K. Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topilib, unga 3 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Buxoroda ayol farzandini 10 mln so‘mga sotmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz