Samarqandda sudya avtohalokatga uchrab, vafot etdi
Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi ochilgan.

Kecha, 17 iyun kuni soat 20:30 larda Urgut tumani Bog‘ishamol mahallasi hududidan o‘tuvchi 4R-47 avtomobil yo‘lining 61 kilometrida “Kamaz- 53212” rusumli yuk avtomashinasi va “Nexia 3” rusumli yengil avtomashina to‘qnashuvi natijasida yo‘l ulov hodisasi sodir bo‘ldi.
Olgan tan jarohati natijasida “Nexia 3” rusumli yengil avtomashinasida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudining raisi T. Rustamov (1986 yilda tug‘ilgan) voqea joyida vafot etgan.
Ayni paytda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Urgut tuman prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.







