To‘rtko‘ldagi to‘yga chigirtkalar hujum qildimi?
Tarmoqda tarqalgan videoga izoh berildi.

Ijtimoiy tarmoqda Qoraqalpog‘istondagi to‘ylardan birida chigirtkalar bosqini yuzaga kelgani aks etgan video tarqaldi. Vidoeda kechki to‘y marosimi o‘tkazilgan joyga chigirtkalar to‘dasi yopirilganini ko‘rish mumkin.
Mazkur holat yuzasidan O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, Respublika Chigirtka va tut parvonasiga qarshi kurash xizmati xodimlari videoda aks etgan holat haqida 16 iyundan 17 iyunga o‘tar kechasi xabar topgan.
Chigirtkalar to‘dasini bartaraf etish maqsadida To‘rtko‘l tumanida kuchaytirilgan monitoring olib borilgan. Biroq manzil topilmagan. To‘rtko‘l tumani aholisidan ham chigirtkalar bosqini haqida murojaatlar kelib tushmagan.







