Jahon

Xitoy kompaniyasida qattiq jarimalar joriy qilindi

Endilikda ish stolida ovqatlanish jarimaga sabab bo‘ladi.

Xitoy kompaniyasida qattiq jarimalar joriy qilindi

 

Xitoyning yirik mebel ishlab chiqaruvchisi Man Wah Holdings Ltd o‘z xodimlari uchun joriy qilgan qat’iy va noodatiy ichki qoidalar bilan ijtimoiy tarmoqlarda jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘ldi. Kompaniya ish muhitidagi oddiy harakatlar uchun keskin jarimalarni joriy etdi — masalan, ish joyida ovqatlanish yoki nometall (oyna, sendvich folgasi va hokazo) dan foydalanish uchun ham moliyaviy jazolar belgilangan.

 

South China Morning Post'ning yozishicha, kompaniyaning ichki qoidalari sizib chiqqan hujjatlar orqali ommaga ma'lum bo‘ldi. Unga ko‘ra, har bir qoidabuzarlik uchun to‘lanadigan jarimalar xodimning lavozimiga qarab belgilanadi:

 

  • Menejerlar – 280 dollar,
  • Nazoratchilar – 140 dollar,
  • Menejer yordamchilari – 70 dollar.

 

Yangi reglamentga ko‘ra xodimlar ish kunida olti marta ro‘yxatdan o‘tishlari kerak, bu esa tanaffus imkoniyatini deyarli yo‘qqa chiqaradi. Ish vaqtida ovqatlanish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Qoidabuzarlik holatlari nafaqat jarima, balki ishdan bo‘shatish yoki ish haqining pasaytirilishi bilan yakunlanishi mumkin.

 

Kompaniya rahbari esa bu choralarni quyidagicha izohladi: “Men bu jarimalardan yig‘ilgan pullarni chinakam mehnatkash xodimlar uchun mukofotga aylantiraman”.

 

Biroq bunday yondashuv Xitoy internet foydalanuvchilari orasida jiddiy norozilikka sabab bo‘ldi. Ko‘pchilik bu siyosatni “diktatura”, “mehnat huquqlarini buzish” va “noinsoniy boshqaruv” deb atamoqda.

custom img

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini ma’lum qildi: AQSHdan javob kutilmoqda

Eron AQSH Tehron tomonidan taqdim etilgan shartlarni bajarmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun ochmasligini ma’lum qildi.

custom img

Moskvadagi neftni qayta ishlash zavodiga zarba berildi: qurbonlar bor

Moskva meri hujumlar parlament saylovlarini izdan chiqarishga qaratilganini aytdi.

custom img

Husiylar Saudiya poytaxtiga hujum qildi: Ar-Riyod aeroporti yaqinida qora tutun ko‘tarildi

Hutiylar Saudiya Arabistonidagi qator nishonlarga raketa va dronlar bilan zarba berganini bildirdi.

custom img

Isroil zarbalari: G‘azoda kamida uch kishi halok bo‘ldi

Zarba qochqinlar lageri yaqiniga berilgan.

custom img

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

AQSH Rossiyaga bosimni kuchaytirmoqda: Tramp 100 foizgacha boj tariflarini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

custom img

Eronda namoyish: yuz minglab odam AQSHga qarshi namoyishga chiqdi

Tehronda hukumat tomonidan tashkil etilgan mitingda yangi ko‘ngillilar kuchi namoyish qilinib, ishtirokchilar mamlakatni himoya qilishga tayyor ekanini bildirdi.

custom img

“Doimiy nazorat” ortidan: Grenlandiya va Daniya AQSh bilan kelishuv tafsilotlarini ochiqladi

Vashington Grenlandiyada harbiy ishtirokini kengaytirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan, biroq uning aniq shartlari hozircha ochiqlanmagan.

custom img

AI xatosi: AQSH-Xitoy urishi boshlanishiga sal qoldi

AI chatbot Xitoy kemasidagi yukni noto‘g‘ri aniqlab, uni Eronning yadroviy qurol dasturiga aloqador deb ko‘rsatgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"