Sport

Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tishi mumkin

Shomurodov klub taklifiga ijobiy munosabat bildirgan.

Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tishi mumkin

O‘zbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Turkiyaning “Bashakshehir” klubi 29 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda, deb xabar bermoqda “Gazetaarena”.

 

Insayderlarga ko‘ra, Eldor “Bashakshehir” taklifiga ijobiy munosabat bildirgan va tomonlar allaqachon uchrashgan. Shuningdek, “Galatasaroy”, “Fenerbahche”, “Beshiktosh” va “Trabzonspor” kabi yirik klublar ham unga qiziqish bildirgan.

 

“Roma” klubi esa Shomurodovni yozda sotish niyatida, chunki uning shartnomasi 2026-yil yozida yakunlanadi va klub futbolchidan maksimal foyda olishga harakat qilmoqda. Ayni paytda MLS’dagi klublar ham Eldorga qiziqmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov joriy mavsum “Roma” safida 37 o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 5 million yevroga baholagan.

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

Infantino JChni kengaytirish fikridan qaytdi: jamoalar soni 48 ta bo‘lib qoladi

The Times ma’lumotiga ko‘ra, musobaqani kengaytirish taklifi UEFA va Osiyo futbol konfederatsiyasi qarshiligiga uchragan.

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

Husanov ro‘yxatda yo‘q: Kannavaro O‘zbekiston MTJning noyabr oyidagi o‘yinlari uchun tarkibni e’lon qildi

O‘zbekiston terma jamoasi noyabr oyida ikkita o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushadi.

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Kannavaro Italiya klubidan taklif olsa, ketadimi? Murabbiy javob berdi

Uning fikricha, klubdagi murabbiylik faoliyatining o‘ziga xos afzalligi bor.

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

23 yil, 234 ta o‘yin va 146 ta gol: Ronaldu Portugaliya termasidagi faoliyatini yakunladi

41 yoshli hujumchi milliy jamoa safida 23 yil davomida kiyib kelgan 7-raqamli futbolkasini keyingi avlodga topshirishini ma’lum qildi.

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Osiyo kubogi kechiktirildi: turnir qachon o‘tkaziladi?

Bunga mintaqadagi vaziyat, logistika qiyinchiliklari va transportdagi uzilishlarni sabab qilib ko‘rsatdi.

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Al-Nassr» Toshkentga kelmoqda: Ronaldu qaydnomada bormi?

«Paxtakor» va «Al-Nassr» o‘rtasidagi uchrashuv 2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» markaziy stadionida bo‘lib o‘tadi.

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

5 831 shaxmatchi, 620 mln so‘m: “Zakovat-Gambit” final bahslari boshlandi

Musobaqada jahon grossmeysterlari Peter Leko va Xampi Koneru ham qatnashmoqda.

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

Zamonaviy o‘zbek futboli va rivojlanish istiqbollari

O‘zbekiston futbolidagi yangi bosqich, legionerlar o‘sishi hamda infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha tahliliy maqola.