O'zbekiston

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

Maskatda O‘zbekiston va Ummon o‘rtasidagi tarixiy-madaniy aloqalarga bag‘ishlangan xalqaro simpozium o‘tkazildi. Unda 250 nafarga yaqin ishtirokchi qatnashdi.

Movarounnahrdan O‘mongacha: O‘zbekiston islom sivilizatsiyasi merosi bo‘yicha xalqaro muloqot ko‘lamini kengaytirmoqda

 

2026-yil 4-noyabr kuni O‘mon Sultonligi poytaxti Masqat shahrida «O‘zbekiston — O‘mon: madaniy aloqalar. Movarounnahr — asrlar osha taralgan islom sivilizatsiyasi ziyosi» mavzusida xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mualliflik loyihasi bo‘lgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining xorijiy taqdimotlari turkumini davom ettirdi. Ushbu uchrashuvlar davlatimiz rahbarining islom sivilizatsiyasi merosini xalqaro maydonda keng targ‘ib etish tashabbusi doirasida o‘tkazilmoqda.

 

Simpozium ochilishidan avval faxriy mehmonlar Markaz tomonidan tayyorlangan ko‘rgazma bilan tanishdilar. Ekspozitsiyani birinchilardan bo‘lib simpoziumning faxriy mehmoni — O‘mon Sultonligi Vaqflar va diniy ishlar vaziri doktor Muhammad bin Said bin Xalfon Maamariy tomosha qildi. U bilan birga Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi bosh kotibi Habib bin Muhammad Riyomiy, O‘mon Sultonligi Davlat kengashi aʼzosi doktor Muhammad Said Amur Hajriy, shuningdek, ilmiy va madaniy doiralar vakillari ham ko‘rgazmani ko‘zdan kechirdilar.

 

Ko‘rgazmada O‘zbekistonning tarixiy, ilmiy, maʼnaviy va badiiy merosi bilan tanishtiruvchi 150 dan ortiq kitob nashrlari, shuningdek, miniatyuralar, haykaltaroshlik namunalari va boshqa eksponatlar namoyish etildi. Markazning noshirlik loyihalari hamda Movarounnahr merosini o‘rganish va ommalashtirish borasidagi faoliyati mehmonlarda alohida qiziqish uyg‘otdi.

 

Simpozium O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasining O‘mon Sultonligidagi elchixonasi tomonidan Markaz Ilmiy kengashi aʼzolari ishtirokida tashkil etildi. Forumda 250 nafarga yaqin ishtirokchi, jumladan, senatorlar, davlat muassasalari, ilmiy va madaniy tashkilotlar vakillari, xorijiy diplomatik vakolatxonalar elchilari, ikki mamlakatning taniqli olimlari va madaniyat arboblari qatnashdi.

 

Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov, O‘zbekiston Respublikasining O‘mon  Sultonligidagi Favqulodda va muxtor elchisi Abdusalom Xatamov hamda Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi bosh kotibi Habib bin Muhammad Riyomiy qutlov so‘zlari bilan ishtirok etdilar. Dastur doirasida qatnashchilarga Markazning ilmiy-maʼrifiy faoliyati va loyihalari haqida videotaqdimot namoyish qilindi.

 

Ilmiy sessiyada o‘monlik va o‘zbekistonlik olimlar ikki mamlakatning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi hamda hamkorlik istiqbollarini muhokama qildilar. O‘mon tomonidan maʼruzachilar qatorida O‘mon Sultonligi Davlat kengashi aʼzosi doktor Muhammad Said Amur Hajriy hamda Sulton Qobus universiteti professori, media va intellektual dasturlar bo‘yicha maslahatchi va ekspert doktor Saif bin Solim bin Saif Hodiy ishtirok etdi. Doktor Hodiy o‘z maʼruzasini O‘mon jamiyatida tinch-totuv hamjihatlikda yashash masalasiga bag‘ishladi.

 

O‘zbekiston Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti Bahrom Abduhalimov O‘zbekiston va O‘mon  qo‘lyozma merosini saqlash, raqamlashtirish hamda ilmiy muomalaga kiritish istiqbollari haqida so‘z yuritdi. Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un G‘afurov O‘zbekistonda islom taʼlimi tarixi va uning zamonaviy tajribasini yoritib berdi. Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori Shorustam Shomansurov ikki mamlakat oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollarini taqdim etdi.

 

Simpoziumning muhim amaliy natijalaridan biri O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi hamda «Bayt az-Zubayr» muzeyi bilan hamkorlik memorandumlarining imzolanishi bo‘ldi. Ushbu kelishuvlar ikki mamlakat muassasalari o‘rtasida qo‘shma ilmiy va madaniy loyihalarni amalga oshirish, ko‘rgazmalar tashkil etish hamda kasbiy tajriba almashish uchun asos yaratadi.

 

Simpozium doirasida kitoblar va esdalik nashrlari almashinuvi ham bo‘lib o‘tdi. O‘mon Sultonligi Vaqflar va diniy ishlar vaziri doktor Muhammad bin Said bin Xalfon Maamariyga Katta Langar Qurʼoni nusxasining faksimile nashri topshirildi. Sulton Qobus nomidagi Oliy madaniyat va fan markazi bosh kotibi Habib bin Muhammad Riyomiyga «Uchinchi Renessans poydevori» kitobi, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan nashr etilgan 120 ta kitob uchun sertifikat hamda Markazning esdalik sovg‘alari taqdim etildi.

 

Markaz nashrlari, shuningdek, Sulton Qobus majmuasi kutubxonasi hamda O‘mon  Milliy hujjatlar va arxivlar markaziga topshirildi. Milliy hujjatlar va arxivlar markazi hamda «Bayt az-Zubayr» muzeyi vakillariga ham kitob nashrlari topshirilganini tasdiqlovchi sertifikatlar taqdim qilindi.

 

Maskat shahrida o‘tkazilgan simpozium O‘zbekiston va O‘mon  o‘rtasidagi ko‘p asrlik madaniy muloqotning davomi bo‘ldi. Ko‘rgazma va ilmiy sessiya O‘mon  jamoatchiligini Movarounnahrning islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasi bilan tanishtirgan bo‘lsa, imzolangan memorandumlar ushbu muloqotga amaliy mazmun bag‘ishladi.

 

Shuningdek, tashrif davomida O‘zbekiston delegatsiyasi O‘mon Sultonligining qator yetakchi madaniy-maʼrifiy muassasalari, muzey va kutubxonalari, jumladan, O‘mon Sultonligi Milliy muzeyida bo‘lib, ularning faoliyati bilan tanishdi. Uchrashuvlar davomida muzeyshunoslik, madaniy merosni asrash, ilmiy tadqiqotlar va ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinib, tajriba almashildi hamda qator hamkorlik memorandumlari imzolandi.

 

O‘mon Sultonligi Vaqf vaziri hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi rahbariyati o‘rtasida alohida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish, o‘zaro tajriba almashish hamda istiqbolda amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan qo‘shma loyihalar yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga zarar yetdi.

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Avariya, yong‘in, portlash va boshqa texnogen favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan fuqarolar 30 kun ichida tegishli komissiyaga murojaat qilishi kerak.

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Viloyatda piyozning chakana narxi kilogrammi uchun 4 000–4 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

10 turdagi pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi.