O'zbekiston

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

Hosilning 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida yig‘ib olingan.

O‘zbekiston paxtachiligida tarixiy rekord: ilk bor 5 mln tonnadan ortiq hosil yetishtirildi

 

2026-yilda O‘zbekistonda ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta xomashyosi yetishtirilib, tarixiy natijaga erishildi. So‘nggi yillarda mamlakatda paxta hosildorligi ham sezilarli darajada oshdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, paxta hosildorligi so‘nggi yillarda gektariga 21 sentnerdan 56 sentnerga yetgan. Joriy yilda qariyb 400 ming gektar maydonda o‘rtacha hosildorlik 70 sentnerni tashkil etgan. Salkam 70 ming gektarda esa har gektardan 100–110 sentnergacha hosil olingan.

 

Bu natijaga erishishda ilm-fan va ishlab chiqarish integratsiyasining kuchaytirilishi, mahalliy tuproq-iqlim sharoitiga mos serhosil navlar hamda zamonaviy agrotexnologiyalardan foydalanish muhim omil bo‘lgan.

 

Shuningdek, ilg‘or agrotexnik usullar, ekish va parvarishlash texnologiyalari takomillashtirilgan. Suv tejovchi texnologiyalar joriy etilishi natijasida paxtachilikda suv sarfi 1990-yillarga nisbatan ikki baravar kamaygan.

 

Joriy yilda yetishtirilgan paxta hosilining 85 foizi 3 mingdan ortiq zamonaviy paxta terish mashinasi yordamida 30–35 kun ichida yig‘ib olingan. Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida mexanizatsiyalashgan terim darajasi 100 foizga yetgan.

 

Hisob-kitoblarga ko‘ra, joriy yilda fermer xo‘jaliklarining paxta yetishtirishdan oladigan sof foydasi 13–14 trillion so‘mni tashkil etishi kutilmoqda.

 

Kelgusi yilda paxta hosildorligini o‘rtacha 65–70 sentnerga yetkazish maqsad qilingan. Buning uchun serhosil navlar, agrodrонlar, suv va energiya tejovchi texnologiyalar hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish rejalashtirilgan.

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

51 tup daraxt kesildi, 5 mlrd so‘mdan ortiq kompensatsiya hisoblandi: qurilish kompaniyasiga chora ko‘rildi

Shuningdek, 396 mln so‘mlik zararni qoplash va 5 100 tup ko‘chat ekish majburiyati yuklatildi.

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Chiptasiz yurish holatlari ko‘paydi: 6 kunda 2 152 ta bayonnoma rasmiylashtirildi

Toshkentda 8 ta avtobus yo‘nalishi nazoratga olindi.

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Belgilangan me’yor buzildi: Toshkent aeroportida 1 mlrd so‘mlik zargarlik buyumlari topildi

Aeroportda xorijdan kelgan yo‘lovchilarning yuklari va shaxsiy buyumlari tekshirilganda, jami 691 gramm zargarlik buyumlari aniqlandi.

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Toshkentda ko‘p qavatli uyda gaz chaqnashi yuz berdi: bir kishi jarohatlandi

Hodisa oqibatida qo‘shni xonadonning eshik va derazalariga zarar yetdi.

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Favqulodda vaziyat qurbonlari va jabrlanganlarga moddiy yordam: to‘lov miqdorlari belgilandi

Avariya, yong‘in, portlash va boshqa texnogen favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan fuqarolar 30 kun ichida tegishli komissiyaga murojaat qilishi kerak.

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Surxondaryoda piyoz nega qimmatlashdi? Vazirlik narx oshishiga izoh berdi

Viloyatda piyozning chakana narxi kilogrammi uchun 4 000–4 500 so‘mni tashkil etmoqda.

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

Yangi yilga tayyorgarlik ortidan yashirin yuk: Namanganda 300 mingdan ortiq pirotexnika aniqlandi

10 turdagi pirotexnika vositasini noqonuniy olib kirishga urinish fosh etildi.

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Gaz “zapravka”lariga yangi talab: maishiy gaz ballonlarini to‘ldirgan zapravkalar jarimaga tortiladi

Yong‘in xavfsizligi talablarini buzganlik uchun yangi javobgarlik choralari belgilandi.