O'zbekiston

Toshkentda taniqli bloger o'z uyida Nil timsohini saqlab kelayotganligi aniqlandi

Timsoh Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi, huquqbuzarga esa chora ko'rildi.

Toshkentda taniqli bloger o'z uyida Nil timsohini saqlab kelayotganligi aniqlandi

 

Ijtimoiy tarmoqlarda fuqaroning o‘z uyida Nil timsohini saqlayotganligi haqidagi videoyozuvlar tarqalgach, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi mutasaddilari zudlik bilan holatni o‘rganishga kirishdi.

 

Tezkor reyd davomida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqaroning yashash manzilidan bir bosh Nil timsohi aniqlanib, musodara qilindi. Mazkur yovvoyi hayvon Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi xabar berdi.

 

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Vazirlar Mahkamasining 736-son qaroriga muvofiq, 2025-yil 1-yanvardan boshlab yovvoyi hayvonlarni (ro‘yxat asosida) jismoniy shaxslar tomonidan uy sharoitida saqlash hamda ularni sirk tomoshalarida ishlatish qat’iyan taqiqlanadi.

 

Huquqbuzar bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 92 prim 1-moddasi 1-qismi asosida bayonnoma rasmiylashtirildi. Ish hujjatlari huquqiy baho berish va chora ko‘rish uchun sud organlariga yuborilgan.

 

Ekologik nazorat tadbirlari respublikaning barcha hududlarida davom ettirilmoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda taniqli bloger o'z uyida Nil timsohini saqlab kelayotganligi aniqlandi | Zamon.uz