O'zbekiston

O‘zbekiston tarixida davlat boshqaruvi sohasidagi ilk xalqaro tadbir

90 dan ortiq davlatdan 800 nafardan ziyod nufuzli mehmon ishtirok etgan BMT Davlat Xizmati forumi ishtirokchilariga Prezident Shavkat Mirziyoyev tabrik yo‘lladi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva forumni ochib berdi – ekslyuziv fotoreportaj

O‘zbekiston tarixida davlat boshqaruvi sohasidagi ilk xalqaro tadbir

23–25-iyun kunlari Samarqand shahri BMT’ning Davlat Xizmati Forumi (UNPSF 2025)ga mezbonlik qilmoqda. Bu forum — O‘zbekiston tarixida davlat boshqaruvi sohasida o‘tkazilgan ilk va eng yirik xalqaro tadbir hisoblanadi. Prezident Shavkat Mirziyoyev forum ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. Tadbirni esa Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva ochib berdi.

 

Mazkur forum "2030-yilgacha besh yil: Barqaror kelajak uchun davlat xizmatlarini ko‘rsatishni jadallashtirish" mavzusiga bag‘ishlandi. “Zamon.uz” muxbiri Gavhar Ziyodullayeva forumning dastlabki ikki kunidan fotoreportaj tayyorladi.

 

 

 

 

 

 

 

Ishtirokchilar orasida Yevropa, Osiyo, Lotin Amerikasi va Afrika, jumladan, Fidji, Samoa va Butan kabi kichik davlatlardan rekord darajada vazirlar hamda davlat xizmatiga mas’ul tashkilotlar rahbarlari bor edi.

 

Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, ilmiy doiralar, fuqarolik jamiyati, xususiy sektor vakillari va innovatsion yetakchilar ham qatnashishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Forum dasturida yalpi majlislar, sohaviy muhokamalar, strategik muloqotlar va ilg‘or amaliyotlar taqdimotlari o‘rin oldi. Ularning asosiy maqsadi — global muammolar va o‘zgaruvchan sharoitlarda davlat xizmatlari sifatini raqamli transformatsiya orqali jamiyatning har bir qatlamiga birdek yetkazishni ta’minlashdan iborat bo‘ldi. Xususan, imkoniyati cheklangan shaxslar, keksa yoshdagilar va ijtimoiy jihatdan himoyasiz qatlamlarga xizmat ko‘rsatishda inklyuzivlik masalasi alohida e’tiborga olindi.

 

Raqamli transformatsiya faqat davlat xizmatlari bilan cheklanmay, elektron moliya, fintech yechimlari, elektron tijorat, ma’lumotlar tahlili va raqamli iqtisodiyotning boshqa yo‘nalishlarini ham qamrab oldi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Forum BMT Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti (UN DESA), O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi va Strategik islohotlar agentligi hamkorligida tashkil etildi.

Gavhar Ziyodullayeva, jurnalist

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

O‘zbekiston tarixida davlat boshqaruvi sohasidagi ilk xalqaro tadbir | Zamon.uz