O'zbekiston

Toshkentda 2 tonnalik “ajal” yonib kulga aylandi

Bugun, 26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurashish kuni munosabati bilan Toshkent shahrida tadbir tashkil etildi. Unda 2 tonnadan ortiq narkotik yoqib yo‘q qilindi.

Toshkentda 2 tonnalik “ajal” yonib kulga aylandi

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka kurashish kuni munosabati bilan Davlat xavfsizlik xizmati, davlat bojxona qo‘mitasi va hamkor tashkilotlar tomonidan International Hotel Tashkent mehmonxonasida xalqaro ekspertlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida tadbir tashkil etildi.

 

 

Tadbir davomida dunyodagi narkovaziyat haqida maʼlumot berilib, ishtirokchilarning diqqati raqamlarga qaratildi. Unga ko‘ra, hozirda dunyoda qariyb 300 mln kishi giyohvandlik vositalarini isteʼmol qilyapti, qurbonlar soni esa bir yilda 600 ming kishidan oshmoqda.

 

So‘nggi 5 yilda O‘zbekistonda narkojiniyatlar soni qariyb 2 baravarga, noqonuniy muomaladan olingan narkotiklar musodarasi 8,5 baravarga oshgan bo‘lsa, sintetik giyohvandlik vositalari musodarasi 80 baravarga keskin ko‘paygan.

 

Shuningdek, tadbirda o‘tgan bir yil mobaynida O‘zbekiston hududida huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan noqonuniy muomaladan musodara qilingan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarinning yo‘q qilish jarayoni onlayn tarzda namoyish etildi.

 

 

Tadbirda giyohvandlik vositalariga bo‘lgan tobelikdan davolanib chiqqan hamda narkojinoyat uchun jazoni o‘tab kelgan fuqarolarga so‘z berildi. Narkotiklar changalidan qutulib, yangi hayotni boshlagan ushbu shaxslar ramziy tugmani bosib, giyohvand moddalarni yo‘q qilish jarayoniga start berdi.

 

Davlat xavfsizlik xizmatining maʼlum qilishicha, yoqish marosimida jami 2 tonna 135 kg 188 gramm narkotik yo‘q qilingan.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 2 tonnalik “ajal” yonib kulga aylandi | Zamon.uz