O'zbekiston

Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Ular turli jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, Interpol orqali qidiruvga berilgan edi.

Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

Хalqaro qidiruvda bo‘lgan 12 nafar fuqaro Birlashgan Arab Amirliklaridan (BAA) O‘zbekistonga olib kelindi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, ular turli jinoyatlarni sodir etganlikda gumon qilinib, Interpol orqali qidiruvga berilgan edi. Uch nafar fuqaroning topshirilishi BAA tomonidan rasman tasdiqlandi.

 

Mazkur ish Interpolning O‘zbekiston va Abu-Dabidagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasidagi hamkorlik doirasida amalga oshirildi. Uchrashuv davomida tomonlar qidiruvdagi jinoyatchilar va gumonlanuvchilar ro‘yxatini almashdi hamda 12 nafar fuqaroning ekstraditsiyasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

 

Bu O‘zbekiston huquq-tartibot organlarining xalqaro jinoyatchilikka qarshi kurashda olib borayotgan faol ishlarining navbatdagi namunasi bo‘ldi.

 

Ma’lumot uchun, 2021-yilda Sankt-Peterburgda sodir etilgan qotillik jinoyati bo‘yicha qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik shaxs ham yaqinda Salvadordan ekstraditsiya qilingan edi. Shuningdek, Rossiyada 9 million dollarlik talon-torojlikda ayblangan fuqaro 15-may kuni O‘zbekistonga qaytarildi. Interpol orqali qidiruvda bo‘lgan bir ayol esa BAAdan chiqarib yuborilgan edi.

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Turkiyada ikki qidiruvdagi shaxs ushlandi: biri 9 yildan beri qochib yurgan

Ikki fuqaro belgilangan tartibda O‘zbekistonning vakolatli organlariga topshirildi.

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Paxta terimi puli vaqtida to‘lanmagan: terimchilarga qariyb 9 mlrd undirib berildi

Davlat mehnat inspeksiyasi hududlarda monitoring o‘tkazdi.

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr va gaz uchun kompensatsiya: 470 ming oilani qamrab olish rejalashtirilmoqda

Elektr energiyasi va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan ortiq iste’moli xarajatlarining bir qismini qoplash muddatini 2028-yil 1-aprelgacha uzaytirish taklif qilindi.

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

Samarqandda 2 mingta mashina jarima maydonchasiga joylashtirildi

MIB hamda YHXB hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma reydlar davomida 9 oyda 2 152 ta avtotransport vositalari vaqtinalik saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yilgan, shundan 1 856 tasi jarimalarni to‘laganligi sababli jarima maydonchasidan chiqarilgan.

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Aliment o‘rniga uy-joy va “NEXIA 3”: Toshkentda ota farzandlari taʼminotini oldindan taʼminladi

Hozirgi kunda mazkur ijro hujjatida belgilangan majburiyatlar to‘liq bajarilganligi munosabati bilan ijro ishi qonunning 37-moddasiga asosan tamomlangan.

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Toshkentda MIB orqali kechiktirilgan ish haqi undirildi

Ijro harakatlari natijasida qarzdor tomonidan undiruvchi sobiq xodim foydasiga jami 195 mln so‘m to‘liq to‘lab berildi.

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Toshkentda ota 190 mln alimentni oldindan to‘ladi

Shu tariqa uch nafar farzandning taʼminoti kafolatlandi.

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Toshkent viloyatida kredit qarzi sabab Volkswagen xatlandi

Maʼlum bo‘lishicha, fuqaro 843 mln  qarziga beparvo munosabatda bo‘lgan.

Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi | Zamon.uz