Shavkat Mirziyoyev Belarusga boradi
Minsk shahrida Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo'lib o'tadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenkoning taklifiga binoan 26-27 iyun kunlari amaliy tashrif bilan Minsk shahrida bo‘ladi.
Mamlakatimiz yetakchisi Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida kuzatuvchi davlat rahbari maqomida ishtirok etadi.
Sammit kun tartibidan tashkilot doirasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikni yana-da kengaytirish masalalari o‘rin olgan. Amaliy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari ko‘rib chiqiladi.







