O‘zbekistonda yadroviy falokat bo‘lsa o‘zbekistonliklar tovon puli oladi
Senat “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi”ga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.

O‘zbekiston Senatining sakkizinchi yalpi majlisida mamlakat “Yadroviy zarar uchun fuqarolik javobgarligi to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi”ga qo‘shilishi to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi.
Bu qonun O‘zbekistonning yadroviy xavfsizlik borasidagi xalqaro huquqiy majburiyatlarini mustahkamlashga qaratilgan bo‘lib, yadro inshootlarida yuz berishi mumkin bo‘lgan favqulodda holatlar oqibatida yetkazilgan zararni qoplash tizimini joriy etadi.
Konvensiyaga qo‘shilish orqali O‘zbekiston fuqarolari yadroviy falokat yuz bergan taqdirda, xalqaro standartlarga muvofiq tovon puli olish huquqiga ega bo‘ladi.
Yangi qonun yadro energetikasi sohasida xavfsizlikni kuchaytirish va fuqarolar manfaatlarini himoya qilishni maqsad qiladi.







