O'zbekiston

Toshkentda 3 yoshli bolani OLX’da sotuvga qo‘ygan shaxs uning akasi bo'lib chiqdi

Aka sho‘xligi sabab ukasining “ta’zirini" berib qo'ymoqchi bo'lgan.

Toshkentda 3 yoshli bolani OLX’da sotuvga qo‘ygan shaxs uning akasi bo'lib chiqdi

Ijtimoiy tarmoqlarda 3 yoshli bola OLX savdo platformasida sotuvga qo‘yilgani haqidagi e’lon katta shov-shuvga sabab bo‘ldi. Holat yuzasidan bolalar ombudsmani izoh berdi.

 

Tezkor-qidiruv ishlari natijasida e’lon Toshkent shahri, Uchtepa tumanida yashovchi 13 yoshli bola tomonidan joylashtirilgani aniqlandi. U 3 yoshli ukasini sho‘xligi uchun “ta’zirini berish” maqsadida OLX’da 150 ming so‘m narxda sotuvga qo‘ygan.

 

Bolalar ombudsmani bu harakatni “bolalarcha o‘ylovsiz qadam” sifatida baholadi. Unga ko‘ra, bola bu ishning jiddiy oqibatlarini tushunmagan.

 

Hozirda Uchtepa tuman IIB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Bolalar ombudsmani holat yuzasidan monitoringni davom ettirmoqda.

 

Mutaxassislar bunday holatlar bolalar bilan ishlashda raqamli savodxonlik va internet madaniyatini o‘rgatish muhimligini yana bir bor ko‘rsatganini ta’kidlamoqda.

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva Toshkent arxitektura-qurilish universiteti faoliyati bilan tanishdi

Saida Mirziyoyeva zamonaviy va yashil shaharlarni barpo etishda yangi avlod arxitektorlari, loyihachilari va muhandislarini tayyorlash muhimligini ta’kidladi.

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Gaz zaxiralari ko‘paytiriladi: geologik-qidiruv ishlari 5 barobarga oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev neft va gaz tarmog‘idagi yirik loyihalar bilan tanishdi.

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Toshkentda 100 ta hojatxona tashkil etiladi: loyihaga 140,4 mln so‘m ajratilishi mumkin

Sanitariya-gigiyena shoxobchalari soddalashtirilgan tartibda davlat-xususiy sheriklik asosida tashkil etiladi.

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

75 mln so‘mlik jinoyat ishi: «Sirojiddin media» rahbari qamaldi

U firibgarlik va tovlamachilik moddalari bo‘yicha aybdor deb topilgan.

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Nobel – 2026: 3 nafar optogenetika asoschilari mukofotlandi

Ularning tadqiqotlari yordamida yorug‘lik orqali nerv hujayralarini aniq faollashtirish yoki faolsizlantirish imkoniyatiga erishildi.

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

O‘zbekistonda Xitoy universiteti filiali ochiladi

Taʼlim o‘zbek, xitoy yoki ingliz tillarida kunduzgi va muqobil shakllarda olib boriladi.

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchilarni tabrikladi

Milliy terma jamoa 21 ta oltin, 25 ta kumush va 24 ta bronza medali bilan Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya va Hindistondan keyin beshinchi o‘rinni egallagandi.

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

O‘zbekistonliklar uchun Latviya vizasi: cheklov taklif qilindi

Bunga ayrim o‘zbekistonliklarning mamlakat hududida voyaga yetmaganlarga qarshi sodir etgan jinoyatlari sabab bo‘lgan.

Toshkentda 3 yoshli bolani OLX’da sotuvga qo‘ygan shaxs uning akasi bo'lib chiqdi | Zamon.uz