Jahon

Yaponiyada to‘qqiz kishini o‘ldirgan “Twitter qotili” qatl etildi

Bu mamlakatda 2022-yildan buyon ijro etilgan ilk o‘lim jazosi hisoblanadi.

Yaponiyada to‘qqiz kishini o‘ldirgan “Twitter qotili” qatl etildi

Yaponiyada 2017-yilda to‘qqiz kishini vahshiylarcha o‘ldirgan Takahiro Shiraishi qatl etildi. Bu mamlakatda 2022-yildan buyon ijro etilgan ilk o‘lim jazosi bo‘lib, Shiraishi keng jamoatchilikka “Twitter qotili” nomi bilan tanilgan edi. BBC xabariga ko‘ra, Shiraishining jinoyatlari butun mamlakatni larzaga keltirgan.

 

U o‘sha paytda 30 yoshda bo‘lib, Twitter (hozirda X) orqali asosan 15 yoshdan 26 yoshgacha bo‘lgan, o‘z joniga qasd qilishga moyil bo‘lgan yosh ayollar bilan tanishib, ularni aldab kvartirasiga olib borgan. U yerda ularni bo‘g‘ib o‘ldirgan va jasadlarini bo‘laklarga ajratgan. Politsiya 2017-yil oktabrida Tokioning Zama shahridagi kvartirasida jasad qismlarini topgan. Shiraishi o‘z qurbonlariga o‘lishlariga yordam berishini aytgan va ba’zilari bilan o‘zini ham o‘ldirishni rejalashtirganini bildirgan.

 

Sud jarayonida Shiraishining advokatlari ularni qurbonlarning roziligi bilan o‘ldirganini da’vo qilib, jazo yengillashtirilishini so‘rashgan. Ammo Shiraishi bu fikrlarni rad etib, ularni hech qanday roziliksiz o‘ldirganini tan olgan. Natijada, 2020-yil dekabrida u o‘lim jazosiga hukm qilindi. Sud majlisini yuzlab odamlar kuzatgan va bu ish Yaponiyada ommaviy muhokamaga sabab bo‘lgan.

Ushbu jinoyatlar Twitter platformasining siyosatiga ham ta’sir ko‘rsatgan. Endilikda tarmoqda o‘z joniga qasd qilish yoki o‘ziga zarar yetkazishni targ‘ib qilish qat’iyan man etilgan. Shu tariqa, Shiraishining jinoyatlari nafaqat Yaponiyani larzaga soldi, balki internet xavfsizligi bo‘yicha xalqaro munozaralarga ham turtki berdi.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Yaponiyada to‘qqiz kishini o‘ldirgan “Twitter qotili” qatl etildi | Zamon.uz