Boysundagi zapravkada Nexia portlab ketdi
Hodisa oqibatida bir kishi vafot etgan.

Surxondaryo viloyatining Boysun tumanidagi metan shoxobchada Nexia mashinasida chaqnash sodir bo‘ldi.
Hodisa bugun, 28-iyun kuni soat 7:15 lar atrofida sodir bo‘lgan. Nexia mashinasi haydovchisi metan-zapravkaga gaz to‘ldirish maqsadida kirgan. Gaz to‘ldirish jarayonida mashina portlab ketgan. Buning oqibatida bir kishi og‘ir tan jarohatlari olib, vafot etgan.
Portlash oqibatida mashinaning tom va orqa qismi yo‘q bo‘lib ketgan. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.







