Qirg‘iziston Taqir-Tor ko‘lining dambasi yorilib ketdi
Shu sababli tog‘da favqulodda holat eʼlon qilingan.

Kecha, 27-iyun kuni Qirg‘izistondagi Taqir-Tor ko‘lining dambasi yorildi. Hodisa oqibatida yuzaga kelgan sel oqimi Olmaluu va Kebek-Biy qishloqlari orasidagi ko‘prikni yuvib ketgan.
Tog‘li hududda favqulodda holat eʼlon qilinishi ortidan 950 ga yaqin odam evakuatsiya qilindi va ular maktab va masjid binolariga joylashtirildi.
Uy joy va boshqa infratuzilmaga jiddiy zarar yetmagan. Ayni damda 114 kishi va 14 ta texnika birligi sel oqibatlarini bartaraf qilmoqda.







