San’atkorlar uchun Soliq ilovasida yangi xizmat ishga tushirildi
Endilikda ular Soliq ilovasida daromadlarini deklaratsiya qilishlari mumkin.

Soliq qo‘mitasi tomonidan ishlab chiqilgan mobil ilovaga “Konsert-tomosha faoliyati” bo‘yicha yangi xizmat qo‘shildi. Endilikda san’atkorlar o‘z daromadlarini elektron tarzda deklaratsiya qilib, soliq to‘lovlarini shaffof yurita oladilar.
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, san’atkorlar konsert va boshqa sahna chiqishlaridan tushgan daromadlarini rasmiylashtirishi, deklaratsiya orqali ko‘rsatib, tegishli soliq to‘lashlari shart. Mazkur xizmat aynan shu jarayonni yengillashtirish uchun joriy etilgan.
Bu yangilik san’at sohasidagi faoliyatni huquqiy tartibga solish, daromadlar ustidan nazoratni kuchaytirish va byudjet tushumlarini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.







